Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

09/23/2026 | Press release | Distributed by Public on 09/23/2026 11:19

O‘zbekiston va Polsha tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi o‘tkazildi

2026-yil 23-sentabr kuni Toshkentda O'zbekiston Respublikasi va Polsha Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 11-davrasi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Muzaffar Madrahimov, Polsha tomoniga esa tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Voytsex Zayyonchkovskiy rahbarlik qildi.

Maslahatlashuvlar davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va o'zaro manfaatli boshqa sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, ikki mamlakatning tegishli vazirliklari va kompaniyalari o'rtasida tashriflar almashinuvini yo'lga qo'yishga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi. BMT, Yevropa Ittifoqi va boshqa ko'p tomonlama xalqaro tuzilmalar doirasidagi ishlarni yaqindan muvofiqlashtirishdan ikki tomonning o'zaro manfaatdorligi tasdiqlandi.

Uchrashuv yakunida O'zbekiston-Polsha ikki tomonlama hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida muntazam muloqotni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on September 23, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on September 23, 2026 at 17:19 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]