Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

02/28/2026 | Press release | Distributed by Public on 02/28/2026 11:23

O‘zbekiston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi

28-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari va tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Is'hoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat davomida Pokiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi soʻnggi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Vazminlikni saqlash va vaziyatning yanada keskinlashuviga yoʻl qoʻymaslik muhimligi taʼkidlandi.

Mavjud qarama-qarshilikni yumshatish va barqarorlikni taʼminlash maqsadida oʻzaro ishonch hamda izchil muloqotning ahamiyati zarurligi alohida qayd etildi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on February 28, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on February 28, 2026 at 17:23 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]