07/27/2026 | Press release | Distributed by Public on 07/27/2026 09:27
27-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozogʻiston Respublikasining mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerali Tugjanovning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Uchrashuvda qardosh Qozogʻiston bilan erishilgan strategik sheriklik va ittifoqchilikning yuksak darajasi alohida qayd etildi. Davlatlar rahbarlari oʻrtasidagi ishonchli muloqot va mustahkam siyosiy iroda tufayli bugun Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlari barcha yoʻnalishlarda jadal rivojlanib borayotgani taʼkidlandi.
Tomonlar oʻzaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi, hududlararo aloqalar, transport va logistika sohalaridagi qoʻshma loyihalarni jadallashtirish masalalarini muhokama qildi.
TIV rahbari elchiga Oʻzbekistondagi masʼuliyatli va sharafli diplomatik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.