Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

03/18/2026 | Press release | Distributed by Public on 03/18/2026 06:22

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati axboroti

2026-yil 18-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan birodar Afgʻoniston xalqiga insonparvarlik yordami yetkazildi.

Mazkur ezgu tashabbus Ramazon hayiti munosabati bilan afgʻon xalqini qoʻllab-quvvatlash hamda ikki mamlakat oʻrtasidagi yaqin qoʻshnichilik va doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida amalga oshirildi.

Umumiy ogʻirligi 290 tonnadan ziyod boʻlgan insonparvarlik yuki - un, guruch, bugʻdoy, oʻsimlik yogʻi, tez tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, makaron, qandolat va boshqa turdagi mahsulotlardan iborat.

Insonparvarlik yukini rasman topshirish marosimi Hayraton shahrida boʻlib oʻtdi.

Marosimda soʻzga chiqqan Balx viloyati gubernatori oʻrinbosari Mavlaviy Abu Idris, Tashqi ishlar vazirligining Balx viloyati boʻlinmasi rahbariyati, shuningdek, Hayraton shahar hokimligi vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga afgʻon xalqiga doimiy koʻrsatib kelinayotgan eʼtibor, gʻamxoʻrlik, amaliy qoʻllab-quvvatlash va birdamlik uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Tadbirda, shuningdek, Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Usmanov hamda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov ishtirok etdi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on March 18, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on March 18, 2026 at 12:22 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]