Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

02/14/2026 | Press release | Archived content

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya 62-Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etdi

13-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniya Federativ Respublikasining Myunxen shahrida o'tkazilgan 62-Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etdi.

Anjuman doirasida dunyoning turli mintaqalari vakillari tomonidan xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning asosiy masalalari, yangi yuzaga kelayotgan tahdid hamda xatarlarga qarshi birgalikdagi choralarni ko'rish, ko'p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Bugungi kunda Markaziy Osiyo bir mintaqadagi davlatlar umumiy farovonlik yo'lida o'z masalalarini tinch yo'l bilan hal eta olishi, yangi yuzaga kelayotgan tahdidlarga qarshi birlashib, yanada kuchli bo'lishi mumkinligining yorqin namunasiga aylanayotganligi qayd etildi.

Konferensiya davomida TIV rahbari ikki tomonlama, mintaqaviy va global miqyosdagi ko'plab dolzarb masalalar yuzasidan Gruziya, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari hamda boshqa mamlakatlar vakillari bilan fikr almashdi. Erishilgan yutuqlar ko'rib chiqilib, yangi istiqbolli maqsadlar belgilab olindi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on February 14, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on February 16, 2026 at 13:30 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]