Central Bank of the Republic of Uzbekistan

12/18/2025 | Press release | Distributed by Public on 12/18/2025 23:54

Bank nazorati qoʻmitasi joriy yilning noyabr oyida qirqdan ortiq masalani koʻrib chiqdi

Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan 2025-yilning noyabr oyidagi yigʻilishlarida (6-marta) 41 ta masala koʻrib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishida 31 ta masala, shu jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish (5 ta), yangi ochilayotgan mikromoliya va kredit tashkilotlarini hisob roʻyxatidan oʻtkazish (5 ta), mikromoliya tashkilotini reestrdan chiqarish (1 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (4 ta), banklarning auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqi uchun auditorlik malaka sertifikatini berish (4 ta) shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini koʻrib chiqish (12 ta) bilan bogʻliq masalalar koʻrildi.

Shu bilan birga, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 10 ta masala - Markaziy bankning koʻrsatmalari va prudensial meʼyorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklari, kredit va mikromoliya tashkilotlarida oʻtkazilgan inspeksiya natijalari, bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan masalalar ham muhokama qilindi.

Prudensial normativ talablariga rioya etilmaganligi, oʻz faoliyatini qonunchilik hujjatlari talablariga belgilangan tartibda muvofiqlashtirmaganligi hamda inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 1 ta mikromoliya va 1 ta toʻlov tashkilotlari chora va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Shuningdek, Markaziy bank talablari va oʻtkazilgan inspeksiya tekshiruvlari davomida, hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish qoidalariga rioya qilinishida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 4 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qoʻllanildi.


Central Bank of the Republic of Uzbekistan published this content on December 18, 2025, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on December 19, 2025 at 05:54 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]