Central Bank of the Republic of Uzbekistan

02/13/2026 | Press release | Distributed by Public on 02/13/2026 07:03

Markaziy bank AI Challenge doirasida sun’iy intellekt yechimlarini amaliyotga joriy etmoqda

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki AI Challenge (Gov Challenge: AI Connect) hakatoni doirasida ilgari surilgan innovatsion g'oyalarni real loyihalarga aylantirish bosqichiga o'tdi. Tadbir yakunlari bo'yicha "Global Move" va "Balcom Soft" startaplari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Mazkur tashabbus bank tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish, ichki jarayonlarni avtomatlashtirish hamda mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini oshirishga qaratilgan bo'lib, Prezidentning PF-189-son Farmoni ijrosiga hamohang tarzda amalga oshirilmoqda.

AI Challenge doirasida tanlab olingan yechimlarning birinchi yo'nalishi - o'zbek tilida ishlovchi, turli shevalar va bank terminologiyasini aniqlik bilan anglay oladigan milliy Speech-to-Text (STT) modelini ishlab chiqish va bank tizimiga integratsiya qilishdir. Ushbu texnologiya murojaatlarni tezkor qayta ishlash, call-markaz faoliyatini optimallashtirish hamda ichki hujjatlashtirish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradi.

Ikkinchi yo'nalish esa RAG (Retrieval-Augmented Generation) texnologiyasiga asoslangan virtual assistentni sinovdan o'tkazishni nazarda tutadi. U normativ-huquqiy hujjatlar va katta hajmdagi ma'lumotlarni tahlil qilib, manbaga tayangan aniq javoblarni shakllantiradi - bu xodimlarning axborotga tezkor kirishini va qaror qabul qilish samaradorligini oshiradi.

Barcha yechimlar Markaziy bankning ichki serverlarida (on-premise) joriy etiladi. Ma'lumotlar maxfiyligi va bank siri to'liq ta'minlanadi.

Ushbu memorandumlar AI Challenge'da paydo bo'lgan g'oyalar real tizimlarga aylanishining yorqin namunasi bo'lib, mahalliy startaplarni qo'llab-quvvatlash va bank tizimini zamonaviy intellektual infratuzilmaga o'tkazish yo'lidagi muhim qadam hisoblanadi.

Central Bank of the Republic of Uzbekistan published this content on February 13, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on February 13, 2026 at 13:03 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]