12/23/2025 | Press release | Distributed by Public on 12/24/2025 11:00
2025-yil 23-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoni Podshohligi ichki ishlar vaziri o'rinbosari Xolid bin Muhammad Al-Battal bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muloqot chog'ida ikki mamlakat Rahbarlarining qat'iy siyosiy irodasi tufayli O'zbekiston-Saudiya Arabistoni o'rtasidagi hamkorlik munosabatlari izchil rivojlanib, yangi bosqichga ko'tarilayotgani, shuningdek, oliy va yuqori darajadagi tashriflar almashinuvi tobora faollashib borayotgani qayd etildi.
Saudiya Arabistoni tomoni O'zbekistondan Podshohlikka tashrif buyurayotgan fuqarolarning mamlakatda bo'lishi bilan bog'liq muammolar soni kamligini alohida ta'kidlab, o'zbek xalqiga bo'lgan yuksak hurmat va ehtiromni bildirdi.
Uchrashuvda Haj va Umra mavsumlarida Podshohlikka tashrif buyurish hamda viza olish jarayonlarini amaldagi qonunchilik doirasida tashkil etish bo'yicha o'zaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Tomonlar hozirda ikki davlat ichki ishlar vazirliklari o'rtasida faoliyat yuritayotgan qo'shma komissiya ishini yanada rivojlantirish, shuningdek, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirish bo'yicha kelishuvga erishdilar.