Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

04/08/2026 | Press release | Distributed by Public on 04/08/2026 05:37

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyaning Ispaniya Qirolligiga amalga oshirgan tashrifiga oid

7-aprel kuni O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Ispaniya Qirolligining Madrid shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Ispaniya Senati raisining birinchi oʻrinbosari Xavyer Ignasio Maroto bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Parlamentlararo muloqotni mustahkamlash, qonun chiqaruvchi idoralar oʻrtasida muntazam almashinuvlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shu o'rinda aloqalarda, ayniqsa iqtisodiy diplomatiya yo'nalishida ro'yobga chiqarilishi zarur bo'lgan ulkan salohiyat mavjudligi ta'kidlanib, mamlakatlar o'rtasidagi uzoq o'tmishga borib taqaladigan sheriklik o'zaro hurmat, ishonch va umumiy qadriyatlar ruhida mustahkamlanib borayotgani qayd etildi.

Shu kuni Ispaniya Tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va xalqaro hamkorlik vaziri Xose Manuel Albares bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuv davomida oʻzaro munosabatlarni yanada rivojlantirish, siyosiy muloqotni faollashtirish hamda iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Muzokaralar yakunida Tashqi siyosiy idoralar oʻrtasida 2026-2028 yillarga moʻljallangan Hamkorlik rejasi, diplomatik pasport egalari uchun vizani bekor qilish toʻgʻrisidagi Bitim hamda diplomatik kadrlar tayyorlash boʻyicha Anglashuv memorandumini imzolandi.

Mazkur uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi koʻp qirrali aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi va oʻzaro manfaatli sheriklikni izchil rivojlantirish davom ettirilishi qayd etildi.

Shuningdek, TIV rahbari boshchiligidagi delegatsiya Madrid shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Ispaniya biznes-forumida ishtirok etdi.

Ishbilarmon doiralar o'rtasida amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun muhim platforma bo'lib xizmat qilgan ushbu forumda, energetika, infratuzilma, transport, qishloq xo'jaligi, qurilish, turizm va boshqa yo'nalishlarda yangi loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, "Aries & Leo Equity Holding", "Future Farm Solutions", "Almar Water Solutions", "IMABE", "KHESH GROUP", "Banco Santander", "Water challenge" hamda "Systemfoc" kompaniyalari bilan hamkorlik imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

O'zaro manfaatli sheriklik uchun ulkan salohiyat va istiqbolli yo'nalishlar mavjudligi qayd etilib, mazkur forum iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qilishi ta'kidlandi hamda forumni tashkil etishda ishtirok etgan barcha hamkorlarga minnatdorlik bildirildi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on April 08, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on April 08, 2026 at 11:37 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]