04/25/2026 | Press release | Distributed by Public on 04/25/2026 06:36
25-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiyaning "Aso Shoji" kompaniyasi prezidenti Masaxiro Aso bilan uchrashdi.
Muloqot davomida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida savdo-iqtisodiy sohada hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur yoʻnalish xalqlar oʻrtasidagi munosabatlarni yanada boyitib, qoʻshma tashabbuslarni ilgari surishga zamin yaratishi qayd etildi.