01/14/2026 | Press release | Distributed by Public on 01/14/2026 11:43
14-yanvar kuni O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Falastinning O'zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Vaill Ahmed Battrexidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
O'zbekiston va Falastin o'rtasidagi munosabatlarni ikki va ko'p tomonlama formatlarda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Davlatlar o'rtasidagi do'stona aloqalar va konstruktiv muloqotni yanada mustahkamlashga kelishildi.
O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi elchini mamlakatdagi faoliyati davomida qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligi ta'kidlandi.