12/09/2025 | Press release | Archived content
9-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Bobur Usmanov Xitoy Xalq Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvda O'zbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining kun tartibidagi dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlik sur'ati ortib borayotgani, turli darajadagi tashrif va muloqotlar amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
2026-yilda ikki va ko'p tomonlama qo'shma tadbirlarni tashkil etish uchun yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.