07/27/2026 | Press release | Distributed by Public on 07/27/2026 06:30
27-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Argentina Respublikasining mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Enrike Ignasio Ferrer Viyeyraning ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Uchrashuvda mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarning mavjud salohiyatidan yanada samarali foydalanish, siyosiy muloqotni faollashtirish va tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi aloqalarni institutsional asosda mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni ikki tomonlama munosabatlarning asosiy ustunlaridan biriga aylantirish tarafdori ekani qayd etildi.
TIV rahbari elchiga mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.