03/18/2026 | Press release | Distributed by Public on 03/18/2026 06:42
18-mart kuni O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Bobur Usmanov Qozog'iston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muzokaralar chog'ida Qozog'iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayevning Toshkent shahriga bo'lajak rasmiy tashrifiga, shuningdek, ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida o'tkaziladigan xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik ko'rish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Bundan tashqari, O'zbekiston-Qozog'iston hamkorligining boshqa dolzarb masalalari ko'rib chiqildi.