Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

02/16/2026 | Press release | Distributed by Public on 02/16/2026 07:49

O‘zbekiston va Shvetsiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi

16-fevral kuni Toshkentda O'zbekiston va Shvetsiya Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida siyosiy maslahatlashuvlarining 4-davrasi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Olimjon Abdullayev, Shvetsiya delegatsiyasiga esa Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligining Yevroatlantika masalalari va xavfsizlik siyosati bo'yicha bosh direktori Torbjörn Solström rahbarlik qildi.

Maslahatlashuvlar davomida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamda boshqa o'zaro manfaatli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Savdo va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, jumladan ikki mamlakatning tegishli vazirliklari va kompaniyalari o'rtasida tashriflar almashinuvi masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Tomonlar, shuningdek, migratsiya sohasida hamkorlikni rivojlantirish, ushbu yo'nalishda shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirishdan o'zaro manfaatdor ekanliklari ta'kidlandi.

Bundan tashqari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Maslahatlashuvlar yakunida ikki tomonlama sheriklikni yanada mustahkamlash maqsadida muntazam muloqotni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on February 16, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on February 16, 2026 at 13:50 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]