06/03/2026 | Press release | Distributed by Public on 06/03/2026 12:41
3-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg'iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot o'tkazdi.
Suhbat avvalida Qirgʻizistonning BMT Xavfsizlik Kengashining 2027-2028-yillar uchun doimiy boʻlmagan aʼzosi etib saylangani munosabati bilan samimiy tabriklar yoʻllandi. Ushbu tarixiy natija Qirgʻizistonning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtibori va koʻp tomonlama diplomatiya sohasidagi saʼy-harakatlarining yuksak eʼtirofi ekani taʼkidlandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining bugungi yuqori darajasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Davlat rahbarlari tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.