06/03/2026 | Press release | Distributed by Public on 06/03/2026 05:39
3-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O'zbekistonda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Malayziyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Ilxam Tua bin Illias bilan xayrlashuv uchrashuvini o'tkazdi.
Muloqot davomida soʻnggi yillarda davlatlar oʻrtasidagi siyosiy muloqotlar, savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar, taʼlim, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Shunigdek, elchining mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi yuksak baholandi.
TIV rahbari elchining kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.