Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

08/11/2026 | Press release | Distributed by Public on 08/11/2026 07:41

TIV rahbari Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi

11-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Mattias Follertning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Muloqot davomida Germaniya Yevropadagi ishonchli va vaqt sinovidan o'tgan hamkorlardan biri sifatida yuksak qadrlanishi qayd etildi. So'nggi yillarda oliy darajadagi tashriflar hamda muntazam siyosiy muloqotlar tufayli O'zbekiston-Germaniya munosabatlari izchil rivojlanib bormoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o'z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhimligi ta'kidlandi.

TIV rahbari elchiga O'zbekistondagi mas'uliyatli va sharafli diplomatik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on August 11, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on August 11, 2026 at 13:41 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]