Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

04/02/2026 | Press release | Distributed by Public on 04/01/2026 23:56

TIVda yosh diplomatlar ishtirokida “Kitobxonlik soati” o‘tkazildi

2026-yil 1-aprel kuni Tashqi ishlar vazirligida "Yosh diplomatlar klubi" aʼzolari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo'lib o'tdi. Uchrashuv yosh mutaxassislarning intellektual salohiyatini oshirish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va milliy qadriyatlar va o'zbek xalqining buyuk siymolariga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi saʼy-harakatlarga qaratildi.

Tadbir doirasida Vazirlikda yangi tashkil etilgan "Kitob burchagi" taqdimoti va "Kitobxonlik soati" o'tkazildi. Uchrashuvni vazir maslahatchisi Sh.Yigitaliyev ochib berar ekan, u zamonaviy diplomat uchun keng dunyoqarash va kitob mutolaasi naqadar muhimligini alohida taʼkidladi.

Klub aʼzolari ushbu tashabbusni faol qo'llab-quvvatladilar. Yoshlar vazirlik kutubxona fondini boyitish maqsadida o'zlari keltirgan turli yo'nalishdagi adabiyotlarni taqdim etdilar. Shuningdek, talabalar yaqin orada mutolaa qilgan asarlari yuzasidan o'zaro fikr almashib, tengdoshlariga eng sara kitoblarni tavsiya qilishdi.

Tadbirning muhim qismi sifatida Amir Temur tavalludining 690-yilligiga bag'ishlangan "Temur tuzuklari va zamonaviy diplomatiya" mavzusidagi davra suhbati bo'lib o'tdi. Unda buyuk Sohibqironning davlat boshqaruvi va diplomatik aloqalardagi merosi bugungi kun nuqtai nazaridan tahlil qilindi. Bu yosh diplomatlarda milliy g'urur va tarixiy merosga nisbatan yuksak ehtirom tuyg'usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar bu kabi "Kitobxonlik soatlari" va maʼrifiy muloqotlarni muntazam ravishda o'tkazib borishga kelishib oldilar.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on April 02, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on April 02, 2026 at 05:56 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]