04/28/2026 | Press release | Distributed by Public on 04/28/2026 05:45
28-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Olimjon Abdullayev Belarus Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muloqot davomida konsullik-huquqiy masalalar, shuningdek migratsiya sohasidagi hamkorlik, xususan shartnomaviy-huquqiy bazani shakllantirish, qo'shma o'quv va madaniy markazlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o'zaro hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta'kidlab, muloqotni yanada rivojlantirishga tayyor ekanligini tasdiqladi.