12/30/2025 | Press release | Distributed by Public on 12/30/2025 06:55
30-dekabr kuni O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasi Senatori, Bosh vazir o'rinbosari va tashqi ishlar vaziri Muhammad Is'hoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi.
O'zbekiston va Pokiston o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda barqaror rivojlanmoqda. Muloqotga xos bo'lgan o'zaro ishonch va anglashuv muhitini yuqori baholashdi.
Hamkorlikni yanada mustahkamlash va amaliy aloqalarni kengaytirish bo'yicha intilishlar qat'iy ekanligi tasdiqlandi.