02/28/2026 | Press release | Distributed by Public on 02/28/2026 11:15
28-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg'oniston tashqi ishlar vaziri Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan telefon orqali muloqot o'tkazdi.
Muloqot davomida Afg'oniston - Pokiston chegarasidagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashildi hamda vazminlikni saqlash va vaziyatning yanada keskinlashuviga yo'l qo'ymaslik muhimligi ta'kidlandi.
Tomonlar barqarorlikni ta'minlash va mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etishda muloqot asosiy vosita bo'lib qolishi zarurligini qayd etdi.