Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

02/21/2026 | Press release | Distributed by Public on 02/21/2026 09:25

O‘zbekiston va Afg‘oniston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

21-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg'oniston tashqi ishlar vaziri Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan telefon orqali muloqot o'tkazdi.

Tomonlar ikki tomonlama kun tartibining rivojlanib borayotgan yo'nalishlari yuzasidan fikr almashdi, xususan, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va ustuvor sohalarda amaliy sa'y-harakatlarni kuchaytirishga alohida e'tibor qaratildi.

Muloqotda, shuningdek, barqarorlik, izchil taraqqiyot va o'zaro farovonlik asosida yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini mustahkamlash va mintaqaviy aloqalarni rivojlantirishga sodiqlik yana bir bor tasdiqlandi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on February 21, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on February 21, 2026 at 15:25 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]