07/01/2026 | Press release | Distributed by Public on 07/01/2026 08:34
2026-yil 1-iyul kuni Maskat shahrida O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Bahromjon A'loyev O'mon Sultonligi Davlat kengashi (parlament yuqori palatasi) raisi o'rinbosari Salim bin Musallim Qatan bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muzokaralarda ikki davlat o'rtasida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, parlamentlararo do'stlik guruhlari faoliyatini qo'llab-quvvatlash, qonun ijodkorligi sohasida o'zaro tajriba almashish, xalq diplomatiyasini mustahkamlash hamda ikki tomon uchun dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.