08/21/2026 | Press release | Distributed by Public on 08/21/2026 11:27
2026-yil 21-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Bahromjon A'loyev Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jamila Ashur bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muloqot davomida ikki mamlakat o'rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirish, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shunindek, yaqin istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar hamda dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.