Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

06/04/2026 | Press release | Distributed by Public on 06/03/2026 13:52

TIV rahbarining Gonkong maxsus maʼmuriy hududi Administratsiyasi rahbari bilan uchrashuviga oid

3-iyun kuni Toshkentda O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gonkong maxsus maʼmuriy hududi Administratsiyasi rahbari Jon Li Kachchiu bilan uchrashdi.

Muloqotda Gonkong rahbarining Oʻzbekistonga tashrifi Oʻzbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sherikligini mustahkamlash hamda Oʻzbekiston bilan Gonkong oʻrtasidagi aloqalarni yangi mazmun bilan boyitishga xizmat qilishi qayd etildi.

Muzokaralar davomida investitsiyalar, moliya, raqamlashtirish, sunʼiy intellekt, transport va logistika sohalaridagi istiqbolli yoʻnalishlar muhokama qilindi.

Gonkongning xalqaro moliya va biznes markazi sifatidagi tajribasi hamda salohiyati Oʻzbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va ilgʻor loyihalarni roʻyobga chiqarishda muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi.

Shuningdek, hududlararo sheriklikni rivojlantirish, ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi bevosita muloqotlarni kengaytirish va qoʻshma tashabbuslarni ilgari surish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida Oʻzaro vizasiz rejimni oʻrnatish toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitimni tuzish niyati boʻyicha Verbal notalar almashildi. Mazkur qadam fuqarolar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratib, oʻzaro almashinuvlarni faollashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on June 04, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on June 03, 2026 at 19:52 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]