06/10/2026 | Press release | Distributed by Public on 06/10/2026 07:39
2026-yil 10-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg'oniston bo'yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo'yicha oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy vakili Mahir Safarli bilan uchrashdi.
Muloqot davomida tomonlar hamkorlikning ustuvor yo'nalishlarini, shuningdek, O'zbekistonning Afg'oniston xalqiga gumanitar va ijtimoiy yordam ko'rsatishdagi rolini muhokama qildi.
M.Safarli Termiz shahrida yaratilgan transport-logistika infratuzilmasi imkoniyatlarini yuqori baholadi hamda Afg'oniston xalqini qo'llab-quvvatlash bo'yicha ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
BMT Qochqinlar bo'yicha oliy komissari boshqarmasi vakili tashkilot faoliyatini doimiy qo'llab-quvvatlab kelayotgani, shuningdek, qo'shni Afg'oniston xalqiga muntazam g'amxo'rlik ko'rsatayotgani uchun O'zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.
Bugungi kunda O'zbekiston-Afg'oniston chegarasi BMTning gumanitar institutlari yuklarini yetkazib berish uchun ishonchli koridor bo'lib xizmat qilayotgani alohida ta'kidlandi.