Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

03/20/2026 | Press release | Distributed by Public on 03/20/2026 05:24

Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot toʻgʻrisida

2026-yil 20-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot oʻtkazdi.

Suhbat davomida Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi strategik ittifoqchilikka asoslangan munosabatlar Davlatlarimiz Rahbarlari belgilab bergan yuksak darajadagi muloqot tufayli misli koʻrilmagan surʼatlarda rivojlanayotgani qayd etildi.

Ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, mintaqaviy va global jarayonlar, jumladan, Yaqin Sharqdagi vaziyat muhokama qilindi.

Tomonlar barqarorlik va izchil rivojlanishni ta'minlash yo'lida qo'shma sa'y-harakatlarning muhimligini, shuningdek, o'zaro manfaatli barcha yo'nalishlar bo'yicha yaqin hamkorlikni davom ettirish zarurligini alohida ta'kidlashdi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on March 20, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on March 20, 2026 at 11:24 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]