Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

04/15/2026 | Press release | Distributed by Public on 04/15/2026 08:16

Latviya Respublikasi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

15-aprel kuni O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Olimjon Abdullayev Latviya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Girts Yaunzems bilan uchrashdi.

Muloqot davomida Oʻzbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek mehnat migratsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, hukumatlararo bitimni imzolashni jadallashtirish va mehnat migratsiyasi sohasini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar muntazam muloqotni yo'lga qo'yishdan o'zaro manfaatdor ekanligini bildirib, hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha qo'shma qadamlarni kelishib oldi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on April 15, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on April 15, 2026 at 14:16 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]