05/22/2026 | Press release | Distributed by Public on 05/22/2026 08:29
22-may kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O'zbekistonda o'z faoliyatini yakunlayotgan Pokistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmed Faruq bilan xayrlashuv uchrashuvini o'tkazdi.
Muloqot davomida Oʻzbekiston-Pokiston oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo, investitsiyalar, taʼlim, madaniy almashinuv va boshqa sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
TIV rahbari elchiga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.