Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

12/22/2025 | Press release | Distributed by Public on 12/23/2025 02:00

Konrad Adenauer nomidagi jamg‘arma bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

22-dekabr kuni O'zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Konrad Adenauer nomidagi jamg'armaning Markaziy Osiyo mamlakatlari bo'yicha mintaqaviy vakili Andre Algermissen bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar iqtisodiy va "yashil" diplomatiya sohalarida hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Sun'iy intellekt, ijtimoiy tarmoqlar hamda axborot va media savodxonligi masalalariga alohida e'tibor qaratildi, shuningdek, qo'shma ta'lim va tadqiqot loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.

Uchrashuv ishtirokchilari hamkorlikni mustahkamlashdan umumiy manfaatdorlik bildirdilar hamda qo'shma faoliyatni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Ta'kidlash joizki, Konrad Adenauer jamg'armasi (KAS) 1994-yildan buyon Toshkent shahridagi mintaqaviy vakolatxonasi orqali O'zbekistonda faoliyat yuritib kelmoqda hamda o'zaro manfaatli turli sohalarda O'zbekiston va Germaniya o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga ko'maklashib kelmoqda.

Yakunda tomonlar kelgusidagi o'zaro manfaatli hamkorlik yo'nalishlarini amalga oshirish maqsadida muloqotni davom ettirish bo'yicha kelishib oldilar.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on December 22, 2025, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on December 23, 2025 at 08:00 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]