Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

04/01/2026 | Press release | Distributed by Public on 04/01/2026 09:46

Germaniya Federativ Respublikasi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Bahromjon A'loyev Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Manfred Huterer bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O'zbekiston va Germaniya hamkorligining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi joriy holati va istiqbollari ko'rib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi, jumladan o'zaro savdoni kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va faollashtirish muhimligi qayd etildi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on April 01, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on April 01, 2026 at 15:46 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]