07/08/2026 | Press release | Distributed by Public on 07/08/2026 07:20
2026-yil 8-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Mirvohid Azimov birinchi Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga tashrif buyurgan Turkiyaning hukmron «Adolat va taraqqiyot» (AK Parti) partiyasi raisi o'rinbosari, turkshunos olim va professor Kurshad Zorlu bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muloqot davomida O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash va qo'shma tashabbuslarni ilgari surish istiqbollarini muhokama qildi.
Shuningdek, madaniyat, ta'lim, ilm-fan va turizm sohalarida yangi qo'shma loyihalarni amalga oshirish hamda amaliy hamkorlikni yanada faollashtirish muhimligi qayd etildi.
Joriy yilda Turkiyada o'tkaziladigan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalari ko'rib chiqildi.