01/16/2026 | Press release | Distributed by Public on 01/16/2026 12:54
16-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo'mitasi Siyosiy byurosi a'zosi, tashqi ishlar vaziri Van I bilan telefon orqali muloqot o'tkazdi.
Muloqot davomida O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi har tomonlama strategik hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi. Yuqori darajadagi siyosiy ishonch va barcha bosqichlardagi faol muloqotga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Muhim yo'nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi. 2026-yilgi kun tartibi sermazmun va istiqbolli ekani ta'kidlandi.