Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

02/03/2026 | Press release | Distributed by Public on 02/04/2026 05:27

Qozog‘iston elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

3-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg'oniston bo'yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Qozog'iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamkulov bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda Afg'oniston bo'yicha ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati muhokama qilindi. Afg'on muammosini hal etish bo'yicha muntazam muloqotni davom ettirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta'kidlandi.

B.Atamkulov O'zbekistonning Afg'oniston bo'yicha yagona mintaqaviy pozitsiyani shakllantirish yo'lidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi.

Shuningdek, Afg'onistonni mintaqaviy o'zaro bog'liqlik jarayonlariga jalb etish istiqbollari yuzasidan, xususan, Transafg'on temir yo'l loyihasini amalga oshirish masalalari bo'yicha fikr almashildi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda bo'lib o'tdi hamda tomonlar Toshkent va Ostona o'rtasidagi amaliy muloqotni yanada rivojlantirishdan o'zaro manfaatdor ekanligini qayd etdi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on February 03, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on February 04, 2026 at 11:27 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]