Central Bank of the Republic of Uzbekistan

12/25/2024 | Press release | Distributed by Public on 12/25/2024 07:18

Markaziy bank “CERT-CBU” Kiberxavfsizlik markazi APWG xalqaro tashkiloti aʼzoligiga qabul qilindi

APWG (Anti-Phishing Working Group - Fishingga qarshi kurashish guruhi) xalqaro tashkilotiga aʼzolik Markaziy bank "CERT-CBU" Kiberxavfsizlik markazi uchun bank va to'lov tizimlarida kiberxavfsizlikni taʼminlash boʼyicha tajriba almashish hamda dunyo bo'ylab yuzaga kelayotgan kiberxavflar to'g'risidagi ogohlantirishlardan xabardor bo'lish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi.

Shu bilan birga, APWG tashkilotiga aʼzo boʼlish fishing, SMS xujumlar, zararli domenlar va IP-manzillar haqida katta miqdordagi maʼlumotlarni tahlil qilish orqali kiberxavfsizlik xatarlarining oldini olish bo'yicha samarali harakatlar rejasini tuzishga yordam beradi.

Maʼlumot uchun: APWG xalqaro tashkiloti 2003 yilda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo'yicha global miqyosda maʼlumot almashish, izlanishlar olib borish hamda jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida tashkil etilgan bo'lib, bugungi kunda turli mamlakatlardan 2 300 ta tashkilotni qamrab olgan.