04/13/2026 | Press release | Distributed by Public on 04/13/2026 05:17
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o'rganish hamda mavjud muammolarga manzilli yechimlar topish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan "Sayyor qabul"larni o'tkazish davom etmoqda.
Navbatdagi qabullar jadvali:
14-aprel - Andijon shahri va Buxoro viloyati
15-aprel - Farg'ona va Navoiy viloyatlari
16-aprel - Namangan viloyati
Vaqti: 10:00 dan 17:00 gacha
Manzil: Andijon shahar Xalq qabulxonasi va tegishli viloyatlar Xalq qabulxonalari binolarida
Batafsil ma'lumot uchun:
Tel:. +998 97 136-51-51
Mazkur sayyor qabullar davomida fuqarolar o'zlarini qiziqtirgan konsullik-huquqiy masalalar bo'yicha bevosita murojaat qilishlari mumkin.