Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

02/24/2026 | Press release | Distributed by Public on 02/24/2026 06:01

O‘mon, Qatar va Iordaniya elchilari bilan uchrashuv to‘g‘risida

23-24-fevral kunlari O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Bahromjon A'loyev O'mon Sultonligi, Qatar Davlati va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchilari Vafo al-Busaidi, Hasan bin Hamza Hoshim, Demiye Haddad bilan alohida uchrashuvlar o'tkazdi.

Muloqotlar davomida O'zbekiston va mazkur mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlarning ustuvor masalalari muhokama qilindi. Madaniy-gumanitar aloqalar bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlashga alohida e'tibor qaratildi.

Tomonlar o'zaro aloqalarni yanada kengaytirishga tayyorliklarini bildirib, 2026-yilga mo'ljallangan qo'shma tadbirlar rejasini ko'rib chiqdi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on February 24, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on February 24, 2026 at 12:01 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]