Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

03/03/2026 | Press release | Distributed by Public on 03/03/2026 07:29

O‘zbekiston va Eron tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

3-mart kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sayyid Abbos Arakchi bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot davomida so'nggi voqealar oqibatida tinch aholi orasida qurbonlar bo'lgani munosabati bilan ta'ziya izhor etildi hamda jabrlangan oilalarga nisbatan hamdardlik bildirildi. Mintaqadagi vaziyat muhokama qilinib, har qanday keyingi keskinlashuv jiddiy gumanitar va xavfsizlik oqibatlariga olib kelishi mumkinligi qayd etildi.

Shuningdek, barcha kelishmovchilik va nizolar faqat tinch yo'l bilan - muloqot va diplomatiya orqali hal etilishi lozimligi haqidagi qat'iy va izchil pozitsiya yana bir bor tasdiqlandi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on March 03, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on March 03, 2026 at 13:30 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]