Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

12/29/2025 | Press release | Distributed by Public on 12/29/2025 10:58

Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam yukini topshirish to‘g‘risida

29-dekabr kuni Balx viloyatining Hayraton shahrida O'zbekiston Rahbariyati nomidan Afg'oniston xalqiga navbatdagi gumanitar yukni topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Umumiy og'irligi qariyb 390 tonnani tashkil etgan mazkur gumanitar yuk "Termez Cargo Centre" maydonchasida shakllantirilib, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar hamda tibbiy uskunalardan iborat.

Gumanitar yuk tarkibi bilan tanishish jarayonida Balx viloyati hokimi M.Vafo Afg'oniston xalqiga ko'rsatilayotgan doimiy yordam uchun O'zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirdi. Ushbu yordam O'zbekiston rahbariyati tomonidan afg'on xalqini qo'llab-quvvatlash yo'lidagi izchil sa'y-harakatlarning ifodasi ekani ta'kidlandi.

Qayd etilishicha, mazkur aksiya 2025-yil davomida Afg'oniston xalqiga yo'naltirilgan to'rtinchi gumanitar yordam hisoblanadi.

Shuningdek, Balx viloyati hokimi O'zbekiston tomonidan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash hamda savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan aniq chora-tadbirlarga e'tibor qaratdi. Natijada so'nggi yillarda afg'on mahsulotlari eksporti hajmlari sezilarli darajada oshgani, shuningdek, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy sharoit va aholi farovonligi yaxshilangani qayd etildi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on December 29, 2025, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on December 29, 2025 at 16:58 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]