Central Bank of the Republic of Uzbekistan

01/21/2026 | Press release | Distributed by Public on 01/21/2026 22:38

Markaziy bank qarz oluvchi tomonidan kredit (mikroqarz) shartnomalarida belgilangan toʻlov boʻyicha majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilmagan holatlarda qoʻllanilayotgan chora va[...]

Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining kredit shartnomalarida to'lovlar kechiktirilganda qo'llanilayotgan jarima va sanksiyalar tahlil qilindi. O'rganishlar ayrim amaliyotlar adolat va mutanosiblik tamoyillariga zid ekanini ko'rsatdi.

Tahlillar natijasida ayrim banklarda:

  • kechiktirilgan toʻlovlar uchun hisoblanadigan foiz stavkalari shartnomada belgilangan yillik stavkaga nisbatan bir necha barobarga, ayrim holatlarda yillik 150-180 foizgacha oshirilayotgani;
  • kredit boʻyicha foizlarni toʻlash kechiktirilganda eng yuqori chegarasi belgilanmagan kunlik penya hisoblanayotgani;
  • kreditorning haqiqiy xarajatlari bilan bogʻliq boʻlmagan qoʻshimcha bir martalik jarimalar qoʻllanilayotgani aniqlangan.
Shu munosabat bilan Markaziy bank:
  • kechiktirilgan majburiyatlar uchun qoʻllaniladigan sanksiyalarning kompensatsion xarakterga ega boʻlishiga eʼtibor qaratish;
  • qarz oluvchilar uchun toʻlovni kechiktirish bilan bogʻliq moliyaviy oqibatlarning aniq va oldindan tushunarli boʻlishini taʼminlash;
  • kredit shartnomalarida javobgarlik choralarini adolat va mutanosiblik tamoyillari asosida belgilash lozim deb hisoblaydi.
Batafsil

Central Bank of the Republic of Uzbekistan published this content on January 21, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on January 22, 2026 at 04:38 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]