Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

07/22/2026 | Press release | Distributed by Public on 07/22/2026 09:21

Saudiya Arabistoni elchisi bilan uchrashuvga oid

2026-yil 22-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Olimjon Abdullayev Saudiya Arabistoni Podshohligining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymed bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda O'zbekiston - Saudiya Arabistoni munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinib, konsullik-huquqiy sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar raqamli yechimlarni joriy etish, konsullik xizmatlari samaradorligini oshirish va mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki davlat ham manfaatdor ekanini taʼkidladilar.

Shuningdek, O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirishga xizmat qiladigan qator tashabbuslar muhokama qilinib, ularni vakolatli idoralar ishtirokida amaliy jihatdan ishlab chiqishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o'zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish va muntazam muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on July 22, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on July 22, 2026 at 15:21 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]