05/16/2026 | Press release | Archived content
16-may kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari va tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Isʼhoq Dar bilan telefon orqali muloqot oʻtkazdi.
Suhbat davomida mintaqadagi soʻnggi vaziyat yuzasidan fikr almashildi hamda Pokistonning tinchlik va barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan diplomatik saʼy-harakatlari muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.
Tomonlar Oʻzbekiston-Pokiston munosabatlarining bugungi ijobiy dinamikasi va ularni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish, transport-logistika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlikni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosini taʼminlash va tashqi siyosiy idoralar oʻrtasidagi yaqin muloqotni izchil davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.