Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

02/23/2026 | Press release | Distributed by Public on 02/23/2026 05:56

Avstriyaning O‘zbekistondagi elchixonasi savdo maslahatchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

23-fevral kuni O'zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Avstriya Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi savdo maslahatchisi Rudolf Lukavskiy bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida O'zbekiston va Avstriya o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqotda tomonlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning ijobiy dinamikasini qayd etdilar. Ta'lim, sog'liqni saqlash va turizm sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirishga o'zaro qiziqish alohida ta'kidlandi.

Bo'lajak qo'shma tashriflar va turli darajadagi tadbirlar rejasiga alohida e'tibor qaratildi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on February 23, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on February 23, 2026 at 11:56 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]