04/15/2026 | Press release | Distributed by Public on 04/15/2026 10:44
15-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Bahromjon A'loyev Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek dolzarb mintaqaviy masalalar, jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyat bo'yicha atroflicha fikr almashildi.