Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

04/10/2026 | Press release | Distributed by Public on 04/10/2026 06:22

Seulda Koreya–Markaziy Osiyo sammitiga tayyorgarlik bo‘yicha yuqori mansabdor shaxslarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 10-aprel kuni Seul shahrida Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi sammitiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha yuqori mansabdor shaxslarining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirlari o'rinbosarlari qatnashdi. O'zbekiston tomonidan yig'ilishda O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Olimjon Abdullayev ishtirok etdi.

Qabul qiluvchi tomon bo'lajak sammit konsepsiyasini taqdim etdi.

Tomonlar Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi hamkorlik kun tartibini umumiy tarixiy va madaniy meros, o'zaro manfaatdorlik va tenglik tamoyillari hamda kelajakka yo'naltirilgan yondashuv asosida boyitish yuzasidan fikr almashdilar.

Delegatsiyalar Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi tarixiy uchrashuvi dasturini hamkorlikda mazmunan shakllantirish maqsadida ushbu formatdagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Yuqori mansabdor shaxslar yig'ilishining birinchi majlisi munosabati bilan Markaziy Osiyo delegatsiyalari rahbarlarining Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Cho Xyon bilan alohida uchrashuvi bo'lib o'tdi. Tomonlar bo'lajak sammit Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi hamkorlik tarixida yangi sahifa ochishini, bu esa zamon talablari va innovatsion rivojlanishga mos kelishi qayd etildi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on April 10, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on April 10, 2026 at 12:23 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]