Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

02/20/2026 | Press release | Distributed by Public on 02/20/2026 07:32

Bangladesh elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

20-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Baxromjon A'loyev Bangladesh Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Monirul Islom bilan uchrashuv o'tkazdi.

Suhbat davomida tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalarda O'zbekiston-Bangladesh hamkorligini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

Turli darajadagi o'zaro tashriflarga tayyorgarlik ko'rish, shuningdek, siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini hamda iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo'yicha Hukumatlararo komissiya yig'ilishini o'tkazishga alohida e'tibor qaratildi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on February 20, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on February 20, 2026 at 13:32 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]