03/23/2026 | Press release | Distributed by Public on 03/23/2026 05:20
2026-yil 23-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yonni qabul qildi.
Tomonlar yaqin istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashishdi, mavjud imkoniyatlardan to'liq foydalanish uchun hamkorlikni yanada faollashtirish muhimligini qayd etishdi.
Suhbat davomida mamlakatlar o'rtasidagi ishonchli va uzoq yillik sheriklik alohida taʼkidlanib, barcha kelishuvlarni o'z vaqtida va samarali amalga oshirish zarurligiga urg'u berildi.