Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

05/04/2026 | Press release | Distributed by Public on 05/04/2026 10:21

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining Saudiya Arabistoniga tashrifiga oid

3-may kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoni Podshohligining Ar-Riyod shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida bir qator uchrashuvlar o'tkazildi, jumladan, "Sudair Pharma" kompaniyasi bosh direktori Yasser Ibrohim al-Ubayda bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida farmatsevtika sohasida hamkorlik imkoniyatlari, shuningdek, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari muhokama qilinib, kompaniyani Oʻzbekiston bozori imkoniyatlarini oʻrganishga hamda yaqinda boʻlib oʻtadigan V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga taklif etildi.

TIV rahbari Saudiya Arabistoni Podshohligining investitsiyalar vaziri Fahad bin Abduljalil Al-Saif bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi hamkorlik o'zaro ishonch va hurmat asosida izchil rivojlanayotgani hamda investitsiyaviy sheriklik ko'lami ortib borayotgani qayd etildi, ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi va saudiyalik hamkorlarni joriy yil iyun oyida bo'lib o'tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga taklif etildi.

Shuningdek, Ar-Riyod shahrida mintaqa Amiri, shahzoda Faysal bin Bandar Ol Saud bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Delegatsiyaga ko'rsatilgan iliq mehmondo'stlik uchun minnatdorlik bildirilib, bu e'tibor Podshohlik an'analari va saxovatining ifodasi ekani ta'kidlandi hamda mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro ishonch va umumiy intilishlarga asoslangan munosabatlarni yanada mustahkamlash va ustuvor yo'nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga tayyorlik bildirildi.

Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farhon Ol Saud bilan uchrashdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Ikki Muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud hamda Valiahd, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saud nomlariga yo'llangan salom va ezgu tilaklar yetkazildi.

Uchrashuv davomida mintaqaviy va xalqaro muhim masalalar, xususan Yaqin Sharqdagi vaziyat hamda muloqot va diplomatiyaning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, hamkorlikning izchil kengayib borayotgani qayd etildi.

Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi Bosh kotibi Jasim Muhammad Al-Budayviy bilan ham uchrashuv bo'lib o'tdi.

O'zbekistonning Kengash bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga bo'lgan qat'iy sa'y-harakatlari tasdiqlandi, turli yo'nalishlarda rivojlanib borayotgan hamkorlikning ijobiy sur'atlari qayd etilib, bo'lajak qo'shma tadbirlarga tayyorgarlik, iqtisodiy, investitsiyaviy va o'zaro bog'liqlik sohalarida amaliy tashabbuslarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan published this content on May 04, 2026, and is solely responsible for the information contained herein. Distributed via Public Technologies (PUBT), unedited and unaltered, on May 04, 2026 at 16:21 UTC. If you believe the information included in the content is inaccurate or outdated and requires editing or removal, please contact us at [email protected]